Читать онлайн «Қор маликаси. Собит қалайи аскарча»

Автор Андерсен Ганс Христиан

Hans Kristian Andersen

Qor malikasi

Sobit qalayi askarcha

QOR MALIKASI

BIRINCHI VOQEA

Ko‘zgu va uning parchalari haqida

Qachnai, byoetsihbl adbiokr!saHk,i kohyoazmirgizindianng koox‘iprirgoaq narsalarni bilib olamiz. Xullas, bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir yovuz jodugar o‘tgan ekan, yovuzlikda iblisdan ham o‘tib ketgan ekan. Bir kuni u kayfi judayam chog‘ligida shunaqangi bir ko‘zgu yasaptiki, bu ko‘zguda barcha yaxshi, go‘zal narsalar juda kichrayib qolar, hamma yomon, xunuk narsalar esa kattarib, yanada jirkanchroq bo‘lib ko‘rinar ekan. Ajoyib gul-u gulzorlar xuddi suvda pishgan ismaloqqa o‘xshab qolar, eng yaxshi odamlar esa mayib-majruh bo‘lib ko‘rinar, oyoqlari osmondan kelib qolar, qorinlari esa umuman yo‘q bo‘lib ketar ekan! Yuzlari tanib bo‘lmas qiyofaga kirar, kimningdir betida jinday sepkili bo‘lsa, ishonaveringki, bu sepkillar uning burni-yu lablarini ham qoplab olar ekan. Agar birovning xayoliga yaxshi fikr kelib qolsa, bu fikr ko‘zguda shu qadar buralib-chirmalib ko‘rinar ekanki, jodu gar o‘zi topgan bu ermakdan dumalab-dumalab kular ekan.

Jodugarning o‘z maktabi bo‘lib, uning shogirdlari odamlarga mo‘jiza ro‘y berganligi haqida hikoya qilishibdi: endilikda butun dunyo va odamlarni o‘z haqiqiy qiyofasida ko‘rish mumkin bo‘ldi, deyishibdi ular. Shogirdlar bu ko‘zguni olib har tomonga yugurishibdi, ko‘p o‘tmay bu ko‘zguda qiyshayib ko‘rinmagan na bironta mamlakat qolibdi, na bironta odam.

Oxiri ular osmonga ham chiqmoqchi bo‘lishibdi. Qanchalik baland ko‘tarilishsa, ko‘zgu ham shunchalik qiyshayib boraveribdi, hatto uni qo‘lda tutish ham qiyin bo‘lib qolibdi. Ular juda-juda yuksakka chiqqanlarida o‘ta qiyshayib ketgan ko‘zgu qo‘llaridan otilib chiqib ketibdi va yerga uchib tushib chil-chil sinibdi-da, million-million bo‘laklarga parchalanib ketibdi, bu esa yanada ko‘proq kulfatlarga sabab bo‘libdi. Ko‘zguning xuddi qum zarrachasidek mayda ba’zi bir bo‘laklari butun dunyo bo‘ylab uchib yurar ekan, bu zarrachalar ayrim kishilarning ko‘ziga tushganicha qolib ketibdi.

Ko‘ziga bunday ko‘zgu zarrachasi kirib qolgan odamga hamma narsa teskari, hamma narsa yomon bo‘lib ko‘rinar, chunki har bir zarracha o‘sha ko‘zguning barcha xususiyatlarini saqlab qolgan ekan. Bu bo‘laklar ba’zi kishilarning yuragiga kirib boribdi, bu hammasidan ham dahshatlisi ekan, chunki oqibatda o‘sha kishilarning yuragi bir parcha muzga aylanib qolar ekan. Bu bo‘laklarning ichida kattakonlari ham bo‘lib, ularni derazalar ko‘ziga qo‘yishibdi, bunday derazadan o‘z yaqin do‘stingni tomosha qilmaganing yaxshi ekan! Nihoyat, yana shunday bo‘laklar bor ekanki, ulardan ko‘zoynak yasashibdi, yaxshiroq ko‘rish, narsalarning farqiga borish uchun bunday ko‘zoynak taqishdan yomoni yo‘q ekan.

Yovuz jodugar bu ermakdan shunchalik xursand bo‘libdiki, ichagi uzilgudek miriqib kulibdi. Yana ko‘plab bo‘laklar esa dunyo bo‘ylab uchib ketibdi. O‘shalar haqida eshitaylik-chi!

IKKINCHI VOQEA

Bolakay va qizcha

Bilar r ksahttuankcohna liskhakhoa‘prdae kaimnkoir,akt icvhakiondaambir bog‘cha qilish uchun joy hammaga ham yetavermas, shuning uchun ko‘pchilik kishilar tuvakka xonaki gul o‘stirib, shundan bahra olishar ekan. Shu shaharda ikki kambag‘al bola yashar, ularning bog‘chalari tuvakli bog‘chadan sal kattaroq ekan. Ular aka-singil bo‘lishmasa-da, bir-birlarini aka-singildek yaxshi ko‘rishar ekan.